Platforma sinov rejimida ishlamoqda!
Ortga qaytish

Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida Fizik-kimyoviy tahlil, Farmako-toksikologik tahlil, Mikrobiologik tahlil hamda Dori shakllari tahlili laboratoriyalari mavjud bo‘lib, ular eng so‘nggi talablar asosida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Talabalarni zamonaviy tahlil usullarini o‘rganish, ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash orqali kerakli amaliy bilimlarni olish imkoniyatlari yaratilgan. Institut ta’lim jarayoniga fan va amaliyotni salohiyatli, shu jumladan xorijiy professor-o‘qituvchilarni jalb etilishi hamda ularning ishtirokida tizimli xalqaro konferensiyalar o‘tkazilishi asosida talabalar farmatsevtika sohasiga oid eng so‘nggi ma’lumotlarga ham ega bo‘ladilar.