Yangiliklar

  • Barchasi
  • Ta'lim
  • Iqtisod
  • Texnologiya
  • Milliy Sertifikat
  • DTM
  • IELTS
  • AvtoTest
  • Maktab
  • Oliygoh
  • Abituriyent
  • Talaba
  • Atestatsiya
✅ Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Hilola Umarova boshchiligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
✅ Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Hilola Umarova boshchiligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
🔰 Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, mas’ul xodimlar, hududiy bo‘linma hamda tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.🔹Yig‘ilishda Davlatimiz rahbari tomonidan sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha qator vazifalar belgilab berilayotganligi hamda ularning ijrosini ta’minlashda barcha bo‘g‘in rahbarlarining mas’uliyati katta ekanligi alohida qayd etildi.➖ Shuningdek, maktabgacha ta’lim va joriy yil avgust — noyabr oylarida o‘tkazilgan malaka toifa sinovlari natijalari ham ko‘rib chiqildi.
Ta'lim
28
28.11.2025 09:13
Toshkent davlat transport universiteti talabalari Fransiyadagi Airbus markazida amaliyot oʻtaydilar
Toshkent davlat transport universiteti talabalari Fransiyadagi Airbus markazida amaliyot oʻtaydilar
27-noyabr kuni Toshkent davlat transport universitetida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Fransiya Transport vaziri Filipp Tabaro hamda ikki mamlakat taʼlim va aviatsiya sohasi mutasaddilari ishtirokida hamkorlik bitimini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.Toshkent davlat transport universiteti, Fransiyaning Milliy fuqaro aviatsiyasi maktabi (ENAC) va dunyoning yetakchi aerokosmik kompaniyalaridan biri – Airbus oʻrtasida imzolangan ushbu bitim taʼlim, ilm-fan va amaliyotni integratsiya qilgan holda aviasozlik soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
Talaba
16
28.11.2025 09:11
BuxDU talabasi – Prezident Olimpiadasi g‘olibi!
BuxDU talabasi – Prezident Olimpiadasi g‘olibi!
“Yangi O‘zbekiston Olimpiya Cho‘qqilari” nomli nufuzli Prezident Olimpiadasining Respublika bosqichida Buxoro davlat universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakulteti 1-bosqich talabasi Ravshanov Zayniddin g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. U yengil atletika sport turining 110 metrga g‘ov osha yugurish bahslarida 14.07 soniya natija bilan marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi. Zayniddin Ravshanovni, uning ustozlari va oila aʼzolarini ushbu yorqin g‘alaba bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusi musobaqalarda ham omad va yangi zafarlar tilaymiz!
Talaba
15
28.11.2025 09:10
📢 Ustozlar uchun YANGI IMKONIYAT!
📢 Ustozlar uchun YANGI IMKONIYAT!
Endi siz ham o‘z kurslaringizni platformamizga joylab, minglab o‘quvchilarga professional shaklda yetib borishingiz mumkin. Hech qanday qo‘shimcha texnik ishlar yoki to‘lov yig‘ish bilan ovora bo‘lmaysiz — biz hammasini soddalashtirdik!Akam.uz orqali kurs sotishning afzalliklari:⏱️ Vaqtingiz tejaladiTo‘lovlarni yig‘ish, o‘quvchilarni qo‘shish yoki nazorat qilish bilan shug‘ullanishga hojat yo‘q — hammasi avtomatlashtirilgan!🔒 Materiallar xavfsizligi ta’minlanadiTelegram kanallaridagi kabi matn, video va testlaringiz tarqalib ketmaydi — biz maxfiylikni himoya qilamiz!🎯 Katta auditoriya — katta imkoniyatPlatformamizda 50 000+ faol foydalanuvchi bor. Sizning kursingiz aynan o‘sha talab yuqori bo‘lgan o‘quvchilarga yetib boradi!💰 Barqaror daromad manbaiHar bir sotilgan kursdan daromadga ega bo‘lasiz. Siz yaratgan bilim — sizga foyda!---📞 Agar siz ham o‘z kursingizni sotmoqchi bo‘lsangiz — biz bilan bog‘laning: @Akam_Admin
Ta'lim
22
27.11.2025 16:30
Xorazm viloyatida  sayyor qabul
Xorazm viloyatida sayyor qabul
Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish maqsadida sayyor qabullar davom etmoqda.Navbatdagi uchrashuv Agentlik direktorining maslahatchisi Orzikul Mirzoyevich Boboyev tomonidan Xorazm viloyatida o‘tkaziladi. Qabul 28-noyabr kuni soat 15:00 da Bilim va malakalarni baholash agentligining Xorazm viloyatidagi binosida bo‘lib o‘tadi.Manzil: Xorazm viloyati, Urganch tumani, Yuqori Do‘rman, Yuqoriovul MFY, O‘zbekiston shox ko‘chasi, 2/2-uy.
Ta'lim
28
26.11.2025 16:11
⚡️Biologiya, fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari sanalari e'lon qilindi.
⚡️Biologiya, fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari sanalari e'lon qilindi.
Biologiya va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2025-yil 29–30-noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ikki smenada o‘tkaziladi.29-noyabr (shanba): • 1-smena: talabgorlar 7:00–8:30 oralig‘ida kiritiladi • 2-smena: 13:00–14:30 oralig‘ida kiritiladi30-noyabr (yakshanba): • 1-smena: talabgorlar 7:00–8:30 oralig‘ida kiritiladi • 2-smena: 13:00–14:00 oralig‘ida kiritiladiBiologiya va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari esa 2025-yil 5–6-dekabr kunlari o‘tkaziladi. Barcha hududlarda ikki smena tartibi qo‘llanadi:5–6-dekabr (juma–shanba): • 1-smena: 7:00–8:30 • 2-smena: 12:00–13:30Belgilangan vaqtdan kech kelgan yoki umuman kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.Imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnoma my.gov.uz portalidagi “Mening arizalarim” bo‘limidan yuklab olinadi. Unda test o‘tkaziladigan sana, manzil va smena ko‘rsatiladi. Talabgorlar belgilangan vaqtda kelishlari shart.
Milliy Sertifikat
22
26.11.2025 16:10
Qashqadaryo viloyatida  sayyor qabul
Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul
Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati jismoniy hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish maqsadida sayyor qabullar tashkil etmoqda.Navbatdagi uchrashuv Agentlik direktori o‘rinbosari Farxod Mirzayev tomonidan Qashqadaryo viloyatida o‘tkaziladi. Tadbir 28-noyabr kuni soat 16:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qashqadaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasida bo‘lib o‘tadi.Qabul manzili: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 249-uy.
Ta'lim
23
26.11.2025 16:06
⚡️ Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun 1 320 ta davlat granti tanlovi uchun qabul qayta ochildi.
⚡️ Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun 1 320 ta davlat granti tanlovi uchun qabul qayta ochildi.
Davlat komissiyasi qaroriga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat granti o‘rinlaridan vakant qolganlari bo‘yicha qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi.2025-yil 25-noyabrdan 4-dekabrga qadar ushbu OTMlarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun test sinovlari 2025-yil 11-dekabrga qadar o‘tkaziladi.Test sanasi, vaqti va manzili haqidagi ma’lumot, shuningdek imtihonda ishtirok etish ruxsatnomasi abituriyentning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.Prezidentning PQ–4319-son qarori asosida ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan miqdorda to‘lov amalga oshiriladi. To‘lovni o‘z vaqtida bajarmagan abituriyentlar testga qo‘yilmaydi va tanlovda ishtirok eta olmaydi.Test natijalari ballar ketma-ketligi asosida shakllantirilib, 2025-yil 15-dekabrga qadar tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi.
Abituriyent
17
26.11.2025 16:04
❗️ O‘zbek-Fransuz universiteti tashkil etiladi.
❗️ O‘zbek-Fransuz universiteti tashkil etiladi.
26-noyabr kuni PQ–354-sonli Prezident qarori bilan O‘zbek-Fransuz universitetini tashkil etish bo‘yicha rasman qaror qabul qilindi. Yangi universitet o‘z faoliyatini O‘zbekiston qonunchiligi talablari va Fransiya universitetlari konsorsiumi tavsiyalari asosida olib boradi.Ta’lim dasturlari bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi: dastlab magistratura, keyinchalik bakalavriat va doktorantura yo‘nalishlari ochiladi. Universitetga kirish uchun tayyorlov kursi ham joriy etiladi.O‘qish maqsadli davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.Universitet bitiruvchilari O‘zbek-Fransuz universiteti diplomi yoki Fransiyada akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkor Fransiya universitetlaridan diplom olishlari mumkin bo‘ladi. Ushbu diplomlar O‘zbekiston Respublikasida tan olinadi.
Oliygoh
20
26.11.2025 16:03
❓Xorijiy universitetlarda olingan diplomlar Oʻzbekistonda qanday nostrifikatsiyadan oʻtkaziladi?
❓Xorijiy universitetlarda olingan diplomlar Oʻzbekistonda qanday nostrifikatsiyadan oʻtkaziladi?
Nostrifikatsiya — xorijda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni O‘zbekistonda tan olish jarayoni bo‘lib, u Bilimni baholash agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Faqat 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlar qabul qilinadi.Jarayon ikki shaklda o‘tadi: • test sinovi asosida; • sinovlarsiz.Diplom quyidagi hollarda sinovlarsiz tan olinadi: • QS, THE yoki ARWU reytinglarining Top-1000 taligiga kirgan universitetlarda tahsil olingan bo‘lsa; • Prezident yoki hukumat hujjatlari asosida xorijda o‘qiganlar; • Prezident yoki hukumat qarori bilan O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy OTMlarda tahsil olganlar; • davlat grantlari yoki kvotalari orqali, vazirlik yo‘llanmasi bilan o‘qiganlar.Boshqa barcha holatlarda mutaxassislik bo‘yicha test topshiriladi.Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali qabul qilinadi.Kerakli hujjatlar: • diplom va ilovasi; • ularning davlat tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi; • pasport nusxasi; • davlat boji to‘lov hujjati.Davlat boji miqdori: BHMning 3 baravari. Onlayn topshirilganda — 10% chegirma, nogironligi bor shaxslar va ijtimoiy reyestrdagilar uchun — 50% chegirma mavjud.Hujjatlar PDF shaklida yuklanadi. Test sanasi oldindan rasmiy kanallarda e’lon qilinadi.
Ta'lim
26
26.11.2025 15:39