Hududlar

Turin Politexnika Universiteti
Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti — dunyoning eng yaxshi 250 ta universiteti qatoriga kiruvchi diplomni taqdim etadigan O‘zbekistondagi yagona oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Muhandislik va texnologiyalarga ixtisoslashgan, zamonaviy va innovatsion yondashuvga ega universitet 2009-yildan beri yoshlarni xalqaro darajadagi yuqori malakali mutaxassislar sifatida tayyorlab kelmoqda. Hozirda 2000 dan ziyod talaba zamonaviy metodlar asosida ta’lim olmoqda. Universitet shu kungacha 1500 dan oshiq bitiruvchini yetishtirib bergan va ularning barchasi 100% ish bilan ta’minlangan.
Yo'nalishlar - 11Xususiy

Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida Fizik-kimyoviy tahlil, Farmako-toksikologik tahlil, Mikrobiologik tahlil hamda Dori shakllari tahlili laboratoriyalari mavjud bo‘lib, ular eng so‘nggi talablar asosida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Talabalarni zamonaviy tahlil usullarini o‘rganish, ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash orqali kerakli amaliy bilimlarni olish imkoniyatlari yaratilgan.
Institut ta’lim jarayoniga fan va amaliyotni salohiyatli, shu jumladan xorijiy professor-o‘qituvchilarni jalb etilishi hamda ularning ishtirokida tizimli xalqaro konferensiyalar o‘tkazilishi asosida talabalar farmatsevtika sohasiga oid eng so‘nggi ma’lumotlarga ham ega bo‘ladilar.
Yo'nalishlar - 4Xususiy

Diplomat University
Diplomat University - kreativ yoshlarga sifatli ta’lim eshiklarini ochuvchi yangi avlod Universiteti. Universitetimiz global bozorda raqobatbardosh hamda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi.
Ilg‘or ta’lim texnologiyalari hamda xalqaro standartlar asosida iqtisodiyot, jahon iqtisodiyoti, xalqaro munosabatlar, axborot texnologiyalari, filologiya (arab, ingliz va xitoy), biznesni boshqarish, marketing, buxgalteriya hisobi, bank ishi, psixologiya kabi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan sohalar bo‘yicha zamonaviy kadrlarni yetishtirib beradi.
Yo'nalishlar - 13Xususiy

University of Digital Economics and Agrotechnologies
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti 2022-yil 7-yanvarda tashkil etilgan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan nodavlat oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya (No325388) berilgan. Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti (O‘zbekiston) Koventri universiteti (Buyuk Britaniya) bilan intellektual rag‘batlantiruvchi, madaniy jihatdan boyituvchi va innovatsion ta’lim muhitini taklif etish orqali talabalarni global karyeraga tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qilmoqda.
Yo'nalishlar - 16Xususiy

PDP University
PDP University — bu PDP Ecosystem tomonidan 7 yillik IT ta’lim tajribasi asosida tashkil etilgan zamonaviy IT universiteti. Universitet IT va unga aloqador sohalarda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni maqsad qilgan.
PDP University’ning asosiy e’tibori talabalarga texnologiyalar tez o‘zgarayotgan zamonga moslashish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar berishga qaratilgan.
Yo'nalishlar - 4Xususiy

International Digital University
International Digital University (IDU) – bu zamonaviy raqamli texnologiyalar va biznes sohalariga ixtisoslashgan universitet bo‘lib, Britaniya ta’lim standartlariga asoslangan dasturlarni taklif qiladi. IDU Buyuk Britaniyaning University of Wolverhampton bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi, bu esa talabalar uchun xalqaro darajadagi bilim olish va Britaniya diplomiga ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi. Universitetda o‘qitish ingliz va o‘zbek tillarida olib boriladi. IDU amaliy ta’limga urg‘u berib, IT va biznes sohalarida raqobatbardosh mutaxassislar yetishtirishga qaratilgan.
Yo'nalishlar - 4Xususiy

University of Management and Future Technologies
University of Management and Future Technologies - bu Respublikamizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, iqtisodiyot, moliya va biznes boshqaruvi sohalarida kadrlar tayyorlaydigan yetakchi nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan biridir.
Universitet xalqaro hamkorlik asosida qo'shma diplom dasturlarini va xalqaro sertifikatlar olish imkoniyatini taklif etadi, bu esa talabalarga global bozorda raqobatbardosh bo'lish imkonini beradi.
Yo'nalishlar - 13Xususiy

INHA University in Tashkent
Toshkent shahridagi Inha Universiteti (IUT) 2014-yilda tashkil topgan. Universitet Koreya Respublikasida INHA Universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Hozirgi kunda universitetda 1500 dan ziyod talabalar tahsil olmoqda.
Inha universiteti Koreyaning eng muhim universitetlari orasida "TOP-10" ro'yxatidan kirib, texnik bo'limlari "Eng yaxshi universitetlar" reytingida to'rtinchi o'rinda turadi. U universitet shiori mafkuraning uch asosiy yo'nalishini birlashtirgan: "Ijodkorlik, mehnatsevarlik, jamiyatga xizmat qilish".
Yo'nalishlar - 2Xususiy